Hozirgi kunda Respublika bo‘ylab keng tashviqoti olib borilayotgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Renessans ta’lim universiteti rahbariyati hamda yosh ijodkor Xurshid Abdurashid Jizzax viloyatining Zarbdor tumanidagi 1-sonli, 9-sonli hamda 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablariga tashrif buyurishdi.
Taʼlim maskanlarida shoir hamda yozuvchi Xurshid Abdurashid va universitet vakillari ishtirokida maktab oʻquvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda Yozuvchi tinglovchilarga hayot yoʻllari haqida soʻzlab berdi. Shu bilan birga, yozuvchining shaxsi va ijod yo‘lini ko‘rsatish maqsadida taqdimot namoyish etildi.
Jarayon davomida maktab o 'quvchilari tomponidan she'rxonlik musobaqasi o'tkazildi va unda g'olib bo 'lganlar tashakkurnoma va kitoblar bilan taqdirlanishdi. Sermazmun va serjilo o‘tgan suhbat barcha o‘quvchilarda iliq taassurot qoldirdi va adabiyotga qiziqishlarini shakllantirdi.