RTU’da yillik hisobot kengashi bo‘lib o‘tdi

RTU’da yillik hisobot kengashi bo‘lib o‘tdi

Renessans ta’lim universitetining faollar zalida 2023-2024 o‘quv yilida ma’naviy-ma’rifiy,o‘quv tarbiya jarayonlaridagi faolligi va universitet reytingini oshirishdagi fidokorona xizmatlari uchun bir guruh professor-o‘qituvchilar va xodimlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Ularni shaxsan rektor Nusratilla Barakayev “Tashakkurnoma” berish bilan mukofotladilar.

Jarayon davomida, kafedralarning 2023-2024 o‘quv yili davomida erishgan natijalari bo‘yicha ma’ruza va taqdimot qilindi.

Unda quyidagilar tahlil qilindi:

Asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilar soni

Fan doktori (DSC) ilmiy darajasiga yoki professor unvoniga ega professor-o‘qituvchilar soni

Fan nomzodi (PhD) ilmiy darajasiga yoki dotsent unvoniga ega professor-o‘qituvchilar

Ilmiy salohiyat

Tadbir so‘ngida, barchaga minnatdorchilik bildirildi va kelgusi yangi o‘quv yilida yanada jadal va sermahsul ishlashga omad va zafarlar tilandi.