RTUda tantanali Navro‘z bayrami o‘tkazildi

RTUda tantanali Navro‘z bayrami o‘tkazildi

Shukuhli kunlarda yurtimizda Navro‘z umumxalq bayrami keng nishonlanmoqda.
 
Serquyosh diyorimizning barcha joylarida bo‘lganidek Renessans ta’lim universitetida ham Navro‘z bayrami katta tantanalar bilan kutib olindi.
Xususan, joriy yilning 19-mart kuni faollar zalida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlab “Xush kelding Navro‘z” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.
 
Mazkur bayramona tadbir doirasida milliy liboslar va ko‘rgazmalar kechaga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishladi.
Tadbirning badiiy qismini xushovoz xonandalarning chiqishlari va o‘zbek milliy qadriyatlari aks etgan sahna asarlari, laparlar o‘rin oldi.
 
Azaliy qadriyatlarimizdan biri bo‘lgan bu kabi bayramlarning mamlakatimizda keng nishonlanishi elimizda obodlik, tinchlik-totuvlik va millatlaro ahillik hukm surishiga xizmat qiladi.