Universitetda darslar faqat nazariy jihatdan emas, balki amaliy yondashuvlar asosida ham o‘tkaziladi.
Murabbiylar keng, yorug‘ sport zallarida jismoniy mashg‘ulotlarni yangicha taktikalarni qo‘llagan holda, har bir talaba bilan individual tarzda olib borishadi.
Renessans ta’lim universiteti rektori va xodimlari talabalarining sport bilan shug‘ullanishlari uchun universitetda yaratilgan sharoitlar, shuningdek jismoniy tayyorgarlikni ko‘zdan kechirish maqsadida dars mashg‘ulotlari bilan yaqindan tanishishdi.
Shuni ta’kidlash joizki, talaba hayotida sportning o‘rni beqiyos, chunki jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish nafaqat mushaklarni yaxshi holatda saqlashga yordam beradi, balki, aqliy qobiliyatlarning rivojlanishi ham rag‘batlantiradi.