9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Renessans ta’lim universiteti rahbariyati hamda professor-o‘qituvchilariga, shu bilan birga talabalariga “Sharaf lentasi” tarqatildi. Shu bilan birgalikda, talabalar bilan savol-javob tashkil qilinib, ularning Ikkinchi jahon urushi haqidagi bilimlari sinaldi.
Ma'lumot o'rnida: Ushbu bayram Ikkinchi jahon urushining ayanchli oqibatlarini unutmaslikka, tinchlik va osuda hayotning qadriga yetishga, Vatanga sadoqat hissi bilan yashashga, shuningdek, doimo ogoh va hushyor bo‘lishga, tarixiy xotiraga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda.