O‘zbekistonda 24-25-avgust kunlari Mustaqillik bayrami arafasida umumxalq xayriya hasharining o‘tkazilishi haqida hukumatning tegishli farmoyishi qabul qilindi.
Ushbu farmoyishga binoan, Renessans ta’lim universitetida ham hashar o‘tkazildi.
Xususan, rektor Nusratilla Barakayev boshchiligida hamda universitet xodimlari bilan birgalikda o‘quv binosi hovlisida tozalik ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek, hashar doirasida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, ish joylarini tartibga keltirish bo‘yicha ishlar ham qilindi.