RTU’da professor, psixoterapevt, psixonevrolog Zarifboy Ibodullayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

RTU’da professor, psixoterapevt, psixonevrolog Zarifboy Ibodullayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Renessans ta’lim universitetida Toshkent tibbiyot akademiyasi “Asab kasalliklari, tibbiyot psixologiyasi va psixoterapiya” kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori, psixoterapevt, psixonevrolog Zarifboy Rajabovich Ibodullayev ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvni RTU rektori Nusratilla Barakayev o‘zining qizg‘in nutqi bilan ochib berdi.“Nevrologiya”, “Epilepsiya”, “Asab kasalliklari”, “Asab va ruhiyat” nomli kitoblar muallifi professor Zarifboy Ibodullayev o‘tirganlarga bir umrga tatigulik bilimlar berish bilan birgalikda, ularning psixologiya faniga bo‘lgan qiziqishlarini ham oshirdi.
Suhbat davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan mutaxassisga murojaat qilishib, munosib javoblar olishdi.
 
Tadbir so‘nggida, mehmon Zarifboy Rajabovich o‘zi yozgan kitoblarini universitet kutubxonasi uchun tuhfa qildi.