RTU’da kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

RTU’da kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi professor o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan kitoblar taqdimotiga bag‘ishlangan ilmiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda tarix fanlari doktori, professor Shuhrat Ergashevning “XX asr: taqdirlarda aks etgan tarix” hamda siyosiy fanlari doktori, professor Alimardonov To‘lqin Turdiyevichning “Sharof Rashidov” nomli asarlari o‘tirganlarga tanishtirildi.
 
Kirish qismini Renessans ta’lim universiteti rektori Nusratilla Barakayev o‘zining jo‘shqin nutqi bilan ochib berdi va gapida Sadriddin Salim Buxoriyning “Illat izlaganga illatdir dunyo, hikmat izlaganga hikmatdir dunyo” falsafiy fikrni ham keltirib o‘tdi.
 
“XX asr: taqdirlarda aks etgan tarix” – mazkur kitobda muallif XX asr davomida dunyo siyosatida katta o‘rin tutgan shaxslar, yana-da aniqrog‘i – o‘zining vayronkor yoki bunyodkor xatti-harakatlari bilan tarix sahifalaridagi inqiroz yoxud yuksalishga sababchi bo‘lgan taniqli insonlar haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.
“Sharof Rashidov” – bu kitobda muallif Sharof Rashidovning o‘zbek davlatchiligi tarqqiyotiga qo‘shgan hissasi, hayoti va ijodiy faoliyati aniq misollar bilan bayon etgan. Ushbu asar yosh avlodni ajdodlar qilgan buyuk ishlardan xabardor qilish, shaxsning ziddiyatli va murakkab faoliyatini to‘g‘ri anglash, real qahramonliklarni ko‘rsatib berish va ularga chuqur hurmat ruhida tarbiyalashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Tadbir davomida mualliflar chiqish qilishib, o‘z kitoblari haqida tinglovchilarga batafsil tushunchalar berib o‘tishdi. Shu bilan birga, talabalar tomonidan yozma tarzda berilgan savollarga ham atroflicha javob berishdi.
Shu zaylda, qiziqarli va foydali bilimlarga to‘la bo‘lgan tadbir o‘z nihoyasiga yetdi.