Tadbir universitet faollar zalida oʻtkazildi va universitet rektori, t.f.d., professor Nusratilla Barakayev kirish soʻzi bilan ochib berdi. Soʻngra, keyingi soʻz navbati Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi oʻrinbosari, f.f.d, professor Kaxxorova Matluba Manofovnaga berildi.
Notiq oʻz soʻzida universitetda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, talaba-yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuygʻusi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratish zarurligi taʼkidladi. Shu bilan birga, jahonda gʻoyaviy-mafkuraviy kurashlar keskin davom etayotgan, maʼnaviy tahdidlar kuchayib borayotgan hozirgi davrda yoshlar oʻrtasida milliy qadriyatlarga bepisandlik, zararli yot gʻoyalar taʼsiriga berilish, jinoyatchilik va ekstremizm harakatlariga adashib qoʻshilib qolish holatlari hamon uchrayotganligiga urgʻu berib oʻtdi va bu borada taʼlim tashkilotlari oldidagi dolzarb vazifalarga toʻxtaldi.
Davra suhbati ishchanlik ruhida boʻlib oʻtdi va akademik guruh masʼullari oldidagi dolzarb vazifalar boʻyicha kelishib olindi.