RTU'da Erasmus+ dasturi asosida Turkiya bilan hamkorlik amalga oshiriladi

RTU'da Erasmus+ dasturi asosida Turkiya bilan hamkorlik amalga oshiriladi

Renessans ta’lim universiteti bugungi kunga qadar 15dan ziyod mamlakatlardagi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. 
Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan “Okan” universiteti bilan ham navbatdagi memorandum imzolandi. Uchrashuv doirasida RTU rektori Nusratilla Rajabovich Barakayev turk millati bilan ham tilimiz, ham dilimiz bir butunligi, yoshlarimiz tahsil olishida qo‘llab-quvvatlanayotgani haqida fikrlarini bildirib o‘tdi. Kelgusidagi faoliyat davomida tarix, iqtisod, matematika ta’lim mutaxassisliklari doirasida almashinuv dasturlarini amalga oshirish lozimligini ta’kidladi.
 
Istanbul “Okan” universiteti rektori Omer Foruk Erkan ta’lim muassasasida 11 ta fakultet mavjudligi, talabalar “Tur media” tashkiloti hamkorligida grand dasturlarida ishtirok etayotgani, 205dan ziyod yo‘nalishlarda “Karyera” markazida malaka oshirayotganligi, Italiya, Pekin va Amerika davlatlari bilan 2 tomonlama diplom mavjudligi haqida ma’lumotlar berib o‘tdi. Renessans ta’lim universiteti bilan ham mustahkam aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan mamnun ekanligini bildirdi. 
 
Muzokara yakunida turk tili ta’lim markazini ochish taklifi ilgari surildi. Markaz faoliyati doirasida til sertifikati berish tizimini joriy etish, talabalarni kasb malakalarini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.