RTUda “Birinchi kurs maktabi” tadbirlari yuqori saviyada tashkil etildi

RTUda “Birinchi kurs maktabi” tadbirlari yuqori saviyada tashkil etildi

Renessans taʼlim universitetida 1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun oʻquv yili boshidan “Birinchi kurs maktabi” tadbirlari dastur asosida yuqori saviyada tashkil etildi. 
Ushbu haftaning dastlabki kunlarida endigina oliy taʼlim dargohiga qadam qoʻygan yoshlarga universitet haqida umumiy maʼlumot: universitet tarixi, rahbariyati, taʼlim tizimi, oʻquv jarayoni, xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan aloqalari, binoning tuzilishi, fakultetlar va kafedralarning joylashuvigacha tushuntirildi.  
 
Shundan soʻng, talabalarga kredit-modul tizimi, HEMIS – oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi xususida atroflicha maʼlumotlar berildi.Shu bilan bir qatorda, ularga oʻz navbatida universitetda oʻrnatilgan ichki tartib-qoidalar va odob-axloq normalariga rioya qilishlari ham alohida taʼkidlandi.
Tanishtiruv haftaligi davomida ijodkorlik va oʻtmishdagi allomalarni xotirlash maqsadida kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan talaba-yoshlar bilan birgalikda atoqli shoir va yozuvchilarning haykallari joylashgan “Adiblar xiyoboni”ga sayohatlar tashkil qilindi va ular u yerdan bir olam taassurotlar bilan qaytishdi.