Renessans ta’lim universitetida dunyodagi yetakchi oliy ta’lim muassalari bilan hamkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan Kaplan International Pathways tashkiloti o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda RTU rektori Nusratilla Barakayev, Xalqaro hamkorlok bo‘limi boshlig‘i Ma Cuiling, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Abror Askarov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Qulmat Shakarov, Xalqaro kordinator Jaloliddin Isroilov hamda Pedagogika fakulteti dekani Nizomiddin Berdaliyevlar ishtirok etdi.
Kaplan IPdan vakil sifatida Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish rahbari Kris Broun Zoom orqali qatnashdi.
Uchrashuv mobaynida tomonlar:
Talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
Professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish va stajirovka;
Grant va qo‘shma loyihalar, ilmiy tadqiqotlar olib borish borasida jiddiy suhbat olib borishdi.
Renessans taʼlim universiteti va Kaplan International Pathways tashkiloti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va uchrashuv mahsuli sifatida Ikki tomonlama hamkorlik Memorandumini imzolashga kelishib olindi.
Shuningdek, tashkilotning Buyuk Britaniyadagi xalqaro reytinglarda Top 70 talikdagi 16 universiteti, Amerika Qo‘shma shtatlaridagi 5 ta universitet va Kanadadagi 3 ta hamkor universitetlari bilan birgalikda ishlash, talabalar almashinuvi bo‘yicha qo‘shma dastur ishlab chiqish, o‘qituvchi va professorlarning Britaniyada malaka oshirish va stajirovka o‘tishini tashkil qilish bo‘yicha takliflar kiritilib, birgalikda o‘quv rejalari va darsliklar bo‘yicha ishlash yuzasidan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarida kelishib olindi. Tashkilot ko‘magida Kris Broun yuqoridagi takliflar yuzasidan hamkorlikda ishlashga tayyorligini bildirdi.