Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabalari uchun o‘quv amaliyoti katta taassurotlarga boy bo‘ldi. Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi Toshkent shahri Yunusobod tumani 424-DMTT “ТОПОЛЁК” nomli bog‘cha, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishiga Toshkent shahar, Chilonzor tumanidagi 200-ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktabi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishidan 14 nafar talaba, Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi o‘zbek guruhidan 65 nafar va rus guruhidan 14 nafar talabalar mas’ul professor-o‘qituvchilar boshchiligida ta’lim muassasalarida amaliy dars mashg‘ulotlarini o‘tashdi.
Amaliyot davrida talabalar maktab va maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘qituvchilari, uslubchisi va boshqa pedagog xodimlarning me’yoriy ish hujjatlari va ularni tayyorlashni, ish jarayonida foydalanishni hamda o‘quv-tarbiyaviy ishlarni kuzatdilar.
Mashg‘ulot davomida bolalar bilan muloqot qilish, darsga jalb qilish ko‘nikmalarini egallashdi.