Renessans ta’lim universiteti Ijtimoiy siyosiy fanlar kafedrasining "Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi", "Xalqaro munosabatlar" va "Tarix" yo‘nalishi talabalari O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi tashabbusi bilan o‘tkazilgan "Vatandosh bilan suhbat" loyihasida ishtirok etdi. Tadbir partiyaning Markaziy Kengashi binosida bo‘lib o‘tdi.
Suhbat doirasida talabalar yosh tadbirkor, xalqaro huquqshunos va diplomat Xayot Xoliqov bilan uchrashishdi. Uchrashuv davomida talabalar o‘zlari uchun qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lish bilan birga, unda o‘zlari ham chiqishlari bilan qatnashishdi.
Ma’lumot o‘rnida Xayot Xoliqov:
Nyu York shtati, Manhettenda joylashgan Manilich immigratsion yuridik firmasida advokat yordamchisi;
BMT yoshlar loyihalarining xalqaro raisi, dunyoning eng yaxshi top 100 taligiga kiradigan Penn State universitetining yuridik maktab bitiruvchisi;
Westminister Academy xususiy maktabi asoschisi;
Toshkentdagi Xalqaro Westminister universiteti talabalar ittifoqining sobiq bosh kotibi hisoblanadi.