RTU talabalari ishtirokida Tashqi Iqtisodiy Faoliyat milliy bankiga sayyor dars tashkillashtirildi

RTU talabalari ishtirokida Tashqi Iqtisodiy Faoliyat milliy bankiga sayyor dars tashkillashtirildi

Renessans ta’lim universiteti Iqtisodiyot yo‘nalishi talabalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy Faoliyat milliy bankiga sayyor dars tashkillashtirishdi.
Nazariya va amaliyotning chambarchas bog‘liqligini ta’minlash maqsadida boshqaruv faoliyati talabalarning xo‘jalik boshqaruvi organlarida, aksiyadorlik jamiyatlarida va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etishni nazarda tutadi. Bu korporativ, loyihalarni boshqarish va iqtisodiyot sohasida mutaxassislarni tayyorlash va ularning kasbiy saviyasini oshirish tizimlarini tubdan takomillashtirish imkonini beradi. Shu maqsadda Renessans ta’lim universitetining 1 - kurs BI 73-23 guruh talabalari uchun  O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga kafedra o‘qituvchilari tomonidan  sayyor dars tashkil etildi. Talabalar oʻzlarining maʼruza darslarida olgan nazariy bilimlarini amaliy jihatdan sinab koʻrish imkoniyatiga ega boʻldilar.
Amaliy mashg‘ulot jarayonida talabalar bankning asosiy vazifalari va yo‘nalishlari: xorijiy krеdit liniyalari, xalqaro kapital bozoridagi rеsurslar, xorijiy invеstorlar mablag‘larini jalb qilish orqali iqtisodiyotning ustuvor sеktorlarida yirik invеstitsion loyihalarni faol ravishda krеditlash, xizmat ko‘rsatish sifati va tеzkorligini oshirish uchun innovatsion moliyaviy mahsulotlarni joriy etish, kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik sub’yektlariga bank xizmatlarini, shuningdеk, tashqi iqtisodiy faoliyat masalalarida moliyaviy maslahatlar bеrish va axborot ko‘magini ko‘rsatish, savdo-eksport moliyalashtirish biznеsi mahsulotlarini rivojlantirish va uning gеografiyasini kеngaytirish, shuningdеk, rеspublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlarini qo‘llab-quvvatlash, eksport qiluvchilarga konsalting xizmatlarini taqdim etish haqida mutaxassislardan batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
 
Renessans taʼlim universitetining “Iqtisodiyot” kafedrasi katta oʻqituvchisi Mirsodiqova D. sayyor dars davomida  talabalarga bank faoliyati haqida maʼlumotlar berib yanada qiziqarli boʻlishini taʼminladi. Mashg‘ulot davomida talabalar  o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollar berishdi va aniq javoblar oldi.