RTU o‘qituvchisi Qozon shahrida o‘tkazilgan BRIKS xalqaro o‘yinida “Kurash” bo‘yicha bronza medalini qo‘lga kiritdi

RTU o‘qituvchisi Qozon shahrida o‘tkazilgan BRIKS xalqaro o‘yinida “Kurash” bo‘yicha bronza medalini qo‘lga kiritdi

Rossiyaning Qozon shahrida 12-23 iyun kunlari BRIKS o‘yinlari o‘tkazildi.
 
Ushbu turnirda 90 dan ortiq mamlakatdan to‘rt yarim mingdan ortiq sportchi ishtirok etib, 30 ga yaqin sport turi bo‘yicha 387 ta medallar shodasi uchun kurash olib borishdi.
Quvonarlisi, unda “Kurash” bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada Renessans ta’lim universitetining Boshlang‘ich, maktabgacha ta’lim va sport kafedrasi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori, dotsent Zaylobiddin Artiqov 100 kg vazn toifasida ishtirok etib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
 
Ma’lumot uchun: O‘zbekistondan qatnashgan sportchilar tomonidan kurash bo‘yicha 10 ta vazn toifasida 8 ta medal qo‘lga kiritilgan. Shulardan ikkitasi kumush, oltitasi bronza.