Renessans taʻlim universiteti professor-oʻqituvchilari va talabalari bilan birgalikda yurtimizda keng miqiyosda nishonlanayotgan “Xotira va Qadrlash kuni” munosabati bilan mamlakatimiz tinchligi va farovonligiga munosib hissa qoʻshgan, hozirda "Charxnovza" mahallasida istiqomat qilayotgan urush va mehnat faxriylarining holidan xabar olindi. Koʻp yillar mobaynida "Charxnovza" mahallasi 23 xonadonida yashovchi, 96 yoshli nuroniy otaxon Zayniddin ota Rixsiyevning oilasiga tashrif buyurildi.
Undan soʻng, RTU jamoasi Zaytuna opa Shukurovaning ham xonadonida boʻlishib, samimiy va dildan suhbat qurishdi.