Renessans ta’lim universitetida Xalqaro qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Xalqaro qizlar kuni 2011-yilda BMT tomonidan qizlarga nisbatan zo‘ravonlikni oldini olish, ular bilan bog‘liq ijtimoiy masalalarga e’tibor qaratish va har qanday diskriminatsiyaga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ta’sis etilgan bo‘lib, 2012-yildan boshlab barcha davlatlar miqyosida nishonlab kelinadi. Bayram tadbirlari har yili 11-oktyabrda bo‘lib o‘tadi.
Ana shu muhim sanaga bag‘ishlangan tadbirni Renessans ta’lim universiteti Xotin-qizlar Kengashi raisi Abdullayeva Xulkar Raxmatullayevna ochib berdi, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor PhD, dotsent Akbar Eshmurodov universitet qizlarini ushbu bayram bilan tabrikladi. Bayram tadbirida universitet qizlari Zulfiya mukofoti sohibasi Mohira Eshpo‘latovadan hayotiy motivatsiya olishdi. M.Eshpo‘latova o‘z hayot va ijod yo‘li, Zulfiya mukofoti haqida gapirib berdi.
Tadbirda yosh sana’tkor Mashrab Muhammadiyev o‘z qo‘shiqlari bilan barcha qizlar olqishiga sazovor bo‘ldi.
Bayram ko‘tarinki ruhda o‘tdi.