Renessans ta’lim universitetida “Sharq Renessansi: tarix, taʼlim va tarbiyaning nazariy va amaliy ahamiyati” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi. Unda 150 dan ortiq fan olimlari, tadqiqotchilar, talabalar ishtirok etdi.
Anjuman Sharq Renessansining jahon sivilizatsiyaga qoʻshgan hissasini tadqiq etishga qaratilgan bo‘lib, Sharq uygʻonish davri buyuk allomalarining ilmiy merosi, milliy davlatchilikning tarixiylik, vorisiylik anʼanalari, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar jumladan sharq ma’naviyati asosida tarbiyalashga doir qator dolzarb masalalar muhokama etildi.
Shuningdek, anjuman doirasida O‘zbekistondagi Uchinchi Renessansning ijtimoiy, siyosiy poydevori asoslarini ishlab chiqish, Sharq Renessansi bilan bog’liq pedogogik masalalari ham muhokama etildi.
Anjumanni Toshkent davlat texnika universiteti rektori, texnika fanlari doktori, akademik S. M. Turobjonov hamda Renessans taʼlim universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor N.R. Barakayev kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Anjumanning asosiy qismida O‘zbekistonning yetuk professor olimlar: Renessans taʼlim universiteti professori falsafa fanlari doktori T.Jo‘rayev, Renessans taʼlim universiteti professori siyosiy fanlari doktori F.Ravshanov, Oʻzbekiston jahon tillari universiteti professori, siyosiy fanlar doktori N.Jo‘rayev, Oʻzbekiston milliy universiteti professori, siyosiy fanlar doktori B.Omonov, Oʻzbekiston islom akademiyasi professori, falsafa fanlari doktori M.Qaxxarova, Samarqand davlat universiteti professori, fizika-matematika fanlari doktori M.Kadirov so‘zga chiqib, Sharq Renessansi, Uchinchi renessans, Yangi Oʻzbekistonda milliy taraqqiyoti davri va ta’lim-tarbiya kabi qator dolzarb masalalarda ma’ruzalar qilishdi.
Anjuman o‘z ishini sho‘balarda ham davom ettirdi. Olimlarning ma’ruzalari qizg’in muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Yakunda ishtirokchilar konferensiya yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini, takliflarini bildirishdi.