Bugun Renessans ta'lim universitetida psixologiya fanlari doktori, akademik G‘ayrat Baxramovich Shoumarov tomonidan "Muhabbat va rashk psixologiyasi" mavzusida qiziqarli dars o‘tkazildi.
Savol-javoblarga boy bo‘lgan ushbu darsda talabalar muhabbat va rashkning inson hayotidagi ahamiyati haqida ko‘plab yangi bilimlarga ega bo‘lishdi. Professor Shoumarov dars yakunida talabalarga o‘z shaxsiy kutubxonasidan kitoblar taqdim etdi.
Ushbu dars nafaqat talabalar, balki psixologiya faniga qiziquvchi barcha uchun esda qolarli va foydali bo‘ldi.
Universitetda kelgusida ham akademiklar ishtirokida darslarni muntazam o‘tkazib borish rejalashtirilmoqda.