Renessans ta’lim universitetida “Fashion show” tashkil etildi

Renessans ta’lim universitetida “Fashion show” tashkil etildi

Boshlang‘ich, maktabgacha ta’lim va sport kafedrasi tomonidan bir nechta yo‘nalishlarni o‘zida jamlagan “Fashion show” o‘tkazildi. Namoyishda talabalar o‘zlarining eng qiziqarli va jozibali chiqishlari bilan barchani hayratda qoldirishdi.

 

Jumladan, 3 xil yo‘nalishda liboslar dizayni taqdimoti, arxitektura va rassomchilik ishlari, o‘ziga xos raqslar hamda go‘zal qo‘shiqlar tomoshabinlarga unutilmas hissiyotlarni hadya etdi.

 

Modalar namoyishida yosh dizaynerlar:

Etno

Milliylik

Avangard

Avangard detal kabi uslublarda mahorat bilan foydalanishgan va zamonaviy liboslarda o‘zgacha uyg‘unlikni kashf etishgan.

 

Arxitektura sohasida tahsil olayotgan talabalar bino va inshootlarning interyer dizayni va loyihalarini tadbir ishtirokchilariga namoyish etishdi.

 

Universitet rektori Nusratilla Rajabov va kafedra o‘qituvchilari esa, nutqlarida bu kabi tadbirlar talabalarning ijodiy va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tishdi.