Renessans ta’lim universiteti va Gangneung-Wonju milliy universiteti o’rtasida akademik hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladilar.
Renessans ta’lim universiteti akademik hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Gangneung-Wonju milliy universiteti bilan oʻzaro anglashuv memorandumi imzolanganini mamnuniyat bilan eʼlon qiladi.
-Bu ikki nufuzli universitet oʻrtasidagi hamkorlikning muhim bosqichi hisoblanadi.Memorandum turli akademik yo‘nalishlarda, jumladan, tadqiqot, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi dasturlari, qo‘shma konferensiyalar va seminarlar o‘tkazish hamda ta’lim resurslari bilan almashish bo‘yicha hamkorlik asoslarini yaratishga qaratilgan.
-Ikkala universitet ham o’zlarining kuchli tomonlari va tajribasidan foydalangan holda ta’lim sifatini oshirishga va o’z ta’lim sohalarida samarali natijalarga erishishiga hissa qo’shadilar.
-Imzolash marosimida har ikki universitetning nufuzli vakillari, jumladan Renessans ta’lim universiteti rektori Nusratilla Barakayev va Gangneung-Wonju milliy universiteti professorlari Sehee Park, Professor Bumseok Jang va xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Hoon Jeong ishtirok etdilar. Tadbir har ikki muassasa rahbarlariga uzoq muddatli hamkorlik va akademik faoliyatni rivojlantirish kabi iliq fikrlarni izhor qilish imkoniyatini berdi.