Renessans Ta'lim Universiteti rahbariyati va Eskishehir Osmangazi Universiteti xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori proffessor Ramazan Erdag o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Renessans Ta'lim Universiteti rahbariyati va Eskishehir Osmangazi Universiteti xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori proffessor Ramazan Erdag o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Bugun Renessans Ta'lim Universiteti rahbariyati va Eskishehir Osmangazi Universiteti xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori professor Ramazan Erdag o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda oʻzaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlik masalalari, xususan, universitetlar oʻrtasida qoʻshma ta’lim dasturini amalga oshirish, shuningdek, talabalar va oʻqituvchilar uchun akademik almashinuv va amaliyot oʻtash, pedagogik malakasini oshirish kurslari, til kurslarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Chet tili sifatida turk tili va TÖMER sertifikati, yozgi va qishki maktablarni tashkil etish takliflari ko’rib chiqildi.

Bundan tashqari, Renessans Ta'lim Universitetining Turk dunyosi universitetlari ittifoqi (TURKUNIB)ga a’zo bo‘lish tashabbusi va 2023-yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan sammitda ishtirok etish rejalari ijobiy baholandi.