Renessans ta’lim universeteti Pedagogika-psixologiya kafedrasininig professor-o‘qituvchilari tomonidan taniqli psixolog, psixologiya fanlari nomzodi Shomurotova Nigora Nabijonovna bilan “Qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash muammolari” mavzusida seminar trening o‘tkazildi.
Tadbirni kafedra mudiri dotsent G.Bahodirova o‘zining kirish so‘zi bilan ochib berdi va so‘z navbati psixolog Nigora Shomurotovaga berildi. Nigora Shomurotova o‘zininig chiqishida oilaga xos psixologik jarayonlar, oila a’zolarininig bir-biriga bo‘lgan munosabatlari, nikohdagi o‘zaro moslik masalalari, oilaviy mojarolarninig psixologik omillari, oilada bola tarbiyasininig ijtimoiy psixologik metodlari haqida qiziqarli tarzda fikrlarini bayon etdi.
Bundan tashqari, oilaning asosiy vazifasi hisoblangan tarbiyaninig sustlashuvi, tanglikning sabablaridan biri ekanligi, insoniy munosabatlarning hamda urf-odatlarning yomonlashuvi, qaynona-kelin munosabatlari, stress holatlari va ularni yengish, amaliy psixologiyaninig dolzarb muammolari, nikoh va oilaga nisbatan yuzaki munosabatda bo‘lish, urf-odat qoidalari va a’nanalarini unutish, ajrimlarning oshib borishi, farzandlar tarbiyasida ota-onalarning vaqt topa olmayotganligi ham tarbiyaga salbiy ta’sir etayotganligini misollar orqali tushuntirib berdi.
Uchrashuvda talabalar ham faol ishtirok etishib, mutaxassis tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berishdi. Shu bilan birgalikda, ular psixologiya sohasi bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tajribali psixologdan aniq javoblar olishdi.
Suhbat yakunida, psixolog Shomurotova Nigora tomonidan yoshlar mustahkam oila qurishlari va baxtli bo‘lishlari uchun kerakli maslahatlar berildi va bu borada qo‘l keladigan adabiyotlar ro‘yxati tavsiya qilindi.