Qishki “perevod” uchun hujjatlar qabuli boshlandi

Qishki “perevod” uchun hujjatlar qabuli boshlandi

Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022/2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalarida o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” 2022-yil 15-iyundagi PQ 279-son qarorining 7-bandiga ko‘raб Renessans ta’lim universitetiga o‘qishni ko‘chirish haqidagi arizalar qabuli boshlanganini ma’lum qilamiz.
 
Shu munosabat bilan, Renessans ta’lim universiteti qishki qabulida faqat quyidagi sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish uchun ariza topshirishi mumkin:
 
- talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilish huquqiga ega.
 
O‘qishni ko‘chirishda quyidagi hujjatlar kerak:
 
- o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
- talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
- pasport nusxasi;
- yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.