Renessans ta’lim universiteti faollar zalida “O‘zLiDeP, Yoshlar parlamenti a’zolari va yoshlar siyosatchilar ligasi” vakillari, talabalar ishtirokida loyiha taqdimoti o‘tkazildi.
Unda so‘zga chiqqan Yosh siyosatchilar koordinatorlari 2024-yil mamlakatimizda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvatlash yili” munosabati bilan davlatimiz rahbari ilgari surgan tashabuslarni hayotga tatbiq etish maqsadida qilinayotgan ishlar va yoshlarni siyosiy qatlam qatorida faol bo‘lishlari, shaxsiy fikr, taklif va tashabbuslarni har tomonlama qo‘llab-quvatlanayotganligi haqida qisqacha ma’lumot berdi.
Taqdimot davomida O‘zLiDeP vakili qonunchilik palatasida Yosh siyosatchilar ligasi a’zolari faol ishtirok etib kelayotgani, o‘zlarining taklif va fikrlarini deputatlarga bildirayotgani, siyosiy doira vakillari oldida o‘zini qanday tutishi, kiyinish muomala madaniyati, siyosiy tadbirlar tashkilotchiligi haqida fikr mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, liga a’zolarini bugungi kungacha erishgan yutuqlari haqida gapirib o‘tdi.
Tadbir davomida universitet talabalari o‘zlarini qiziqtirib kelayotgan savollarga: siyosiy partiyalarga qanday a’zo bo‘lish mumkunligi, deputatlikka nomzodni qay shaklda qo‘yish, ovoz yig‘ish jarayonlari haqida javoblar olishdi.