Oʻzbekistonda 2024-yil 27-oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga saylovlar boʻlib oʻtadi. Saylovda 5 ta siyosiy partiyalar ishtirok etadi yaʼni bular Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Oʻzbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi. Saylovlar „Mening tanlovim – Obod Vatanim“ shiori ostida oʻtkaziladi.
Shu munosabat bilan, Renessans ta’lim universitetida ham Iqtisodiyot kafedrasi tomonidan “O‘zbekistonda parlament saylovi va uning o‘ziga xos jihatlari” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.
Mehmon sifatida 150 - Shayxontohur saylov okrugidan deputatlikka nomzodi qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi raisi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasi fraksiyasining a’zosi Jumayev Nodir Xosiyatovich taklif qilindi.
Jumayev Nodir Xosiyatovich chiqishi davomida o‘tirganlarga saylov haqida hamda partiyaning asosiy vazifalari hamda funksiyalari xususida batafsil ma’lumotlar berdi. Shuningdek, talabalarga davlat siyosatiga befarq bo‘lmasliklarini hamda saylov jarayonlariga faol ishtirok etishlari kerakligini ta’kidladi.
Tadbir so‘ngida, talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga munosib javoblar olishdi.