«O‘zbek davlatchiligi tarixining dolzarb masalalari» mavzusida ilmiy-ma’rifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi

«O‘zbek davlatchiligi tarixining dolzarb masalalari» mavzusida ilmiy-ma’rifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Renessans ta’lim universiteti faollar zalida Ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi tashabbusi bilan «O‘zbek davlatchiligi tarixining dolzarb masalalari» mavzusida ilmiy-ma’rifiy davra suhbati tashkil qilindi.
Tadbirga mehmon sifatida arxeolog-tarixchi olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tarix fanlari doktori, professor Ahmadali Asqarov lutfan taklif etildi. 
Davra suhbatini Renessans ta’lim universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori A. Eshmurodov ochib berdi. 
 
So‘ngra so‘zga akademik A.Asqarov chiqib, ilm-fan yo‘lidagi erishgan yutuqlarining zamirida Vatanni sevish, tinimsiz mehnat va izlanishlar, ustozlari pand-nasihatlari va ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida bajarish singari ma’suliyat sababli erishganliklarini hayotiy misollar talabalarga tushuntirdi.
 
Oxirgi bo‘lib so‘zga chiqqan Ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi professori, tarix fanlari doktori Sh.Ergashev akademik A.Asqarovning ilmiy-ijodiy hayot yo‘li haqida so‘zlab, ustozni bugungi tavallud kunlari bilan tabriklab esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Ilmiy-ma’rifiy davra suhbati qiziqarli, bahs-munozaraga boy va  faol ishchanlik muhitida o‘tdi.