O‘zaro hamkorlik: Renessans ta’lim universiteti va Qozon Federal universitetining Naberejnoye Chelni instituti onlayn muzokaralar o‘tkazdi

O‘zaro hamkorlik: Renessans ta’lim universiteti va Qozon Federal universitetining Naberejnoye Chelni instituti onlayn muzokaralar o‘tkazdi

Bugun xalqaro hamkorlik yo‘nalishida Renessans ta’lim universiteti va Qozon Federal universitetining Naberejnoye Chelni instituti rahbariyati hamda vakillari bilan onlayn muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Dastavval, universitet vakillari ta’lim muassasalari haqida qisqacha ma’lumot taqdim etib, ularning innovatsion yondashuvlari va global ta’lim tizimidagi o‘rnini namoyish qildi.

Uchrashuv davomida ikki tomon qator masalalarni muhokama qildi.

Xususan, ta’lim sifatini oshirish maqsadida qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. O‘qituvchilarining malakasini oshirish hamda ilmiy va ta’limiy tadbirlarda faol ishtirok etish uchun almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish rejasi muhokama qilindi.

Talabalar uchun almashinuv dasturlari tashkil etish masalasi ham ilgari surildi. Bu esa yosh avlodga turli madaniyatlar va ta’lim tizimlari bilan tanishish imkonini beradi.

Shu bilan birga, ilmiy hamjamiyatni rivojlantirish uchun qo‘shma konferensiyalar va seminarlar tashkil etish rejalashtirildi. Ikki universitet olimlarining ilmiy ishlari asosida qo‘shma nashrlar tashkil qilish rejalari ham kun tartibidan joy oldi. Bu esa global ilmiy jamoatchilikka yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Mazkur uchrashuv xalqaro miqyosdagi ta’lim sifatini oshirish va innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash uchun katta imkoniyatlarni taqdim etadi.