Toshkent shahrida mavjud 87 ta oliy ta’lim muassasalarining 600 dan ortiq O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot yoshlar yetakchilari va yo‘nalish koordinatorlari uchun Markaziy Kengash mas’ul rahbarlari tomonidan o‘quv-seminari tashkil etildi.
Unda Renessans ta’lim universitetidan saylangan boshlang‘ich tashkilot yetakchilari va yo‘nalish koordinatorlari ham ishtirok etib, yoshlar uchun joriy yilda yaratilayotgan imkoniyatlar, volontiyorlik harakati va loyihalari, talabalarni davlat ishida ishlashi, mavjud vakansiyalar, xususiy OTM o‘rtasidagi hamkorlik masalalari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Seminar ochiq muloqot tarzida davom etib, yoshlar yetakchilari va koordinatorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.