Renessans taʼlim universitetining Iqtisodiyot kafedrasi professor o‘qituvchilari boshchiligida “Bank ishi va audit” va “Buxgalteriya hisobi va audit” yo‘nalishi talabalari uchun Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar zalida “Non-food asia expo nooziq-ovqat mahsulotlari xalqaro ko‘rgazmasi” savdo ko‘rgazmasiga sayyor dars tashkil etildi.
Ushbu ko‘rgazma Nooziq-ovqat bozorida butun dunyodan xaridorlar va ishlab chiqaruvchilarni birlashtirgan yangi ishonchli mijozlar, yetkazib beruvchilar va hamkorlarni izlash va samarali muloqot qilish uchun Markaziy Osiyodagi asosiy xalqaro platforma hisoblanadi.
Ko‘rgazning maqsadlari:
savdoni rivojlantirish va istiqbolli shartnomalar tuzish;
Yevroosiyo mintaqasi mamlakatlari oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarning oʻsishi;
uy-ro‘zg‘or buyumlari, maishiy va professional kimyo, kosmetika va parfyumeriya, bolalar uchun tovarlar ishlab chiqarish hajmini oshirish;
Markaziy Osiyo mamlakatlarida iste’mol tovarlari va xizmatlari eksporti va importi uchun yangi logistika zanjirlarini qurish.
Toshkentda ilk bor “Uzexpomarkaz” hududida ulgurji xaridor va sotuvchilarga quyidagi toifalar bo‘yicha yuzlab yangi mahsulotlar taqdim etiladi: idishlar, maishiy kimyo va kosmetika mahsulotlari, plastmassa buyumlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, interyer buyumlari, atirlar, Yangi yil mahsulotlari, bolalar uchun sovg‘alar va tovarlar, bog‘lar va kottejlar uchun tovarlar.Ko‘rgazma ishtirokchilari stendlarida Ozarbayjon, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Belarus Respublikasi, Rossiya, Turkmaniston, O‘zbekiston, Fransiya, Shveytsariya, Shvetsiya, Estoniya va Yaponiyada ishlab chiqarilgan 140 dan ortiq brend va yangi mahsulotlar namoyish etiladi.
Renessans taʼlim universitetining Iqtisodiyot kafedrasi talabalari sayyor dars davomida ko‘rgazmada ishtirok etayotgan tadbirkorlar, xalqaro ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari bilan tanishishdi.