​​Navro‘z saylida tosh ko‘tarish va stol tennisi musobaqasi ham bo‘lib o‘tdi

​​Navro‘z saylida tosh ko‘tarish va stol tennisi musobaqasi ham bo‘lib o‘tdi

Renessans ta’lim universitetidagi Navro‘z saylida o‘tkazilgan tosh ko‘tarish musobaqasi haqiqiy kuch sinovi bo‘ldi. Unda ishtirokchilar jismoniy imkoniyatlari bilan birga matonat va chidamliligini ham namoyish etdilar.
 
Qatnashchilar belgilangan vazndagi toshlarni imkon qadar ko‘proq marotaba ko‘tarishga harakat qilishdi. Kimdir tezlikka tayanib, kimdir esa chidamlilikka e’tibor qaratdi. Ayniqsa, toshni eng koʼp ko‘tarishga harakat qilgan polvonlarning qat’iyati tomoshabinlarni hayratga soldi.
 
Musobaqa yakunida eng baquvvat va irodali polvonlar g‘olib deb topildi. Navro‘z bayramida shiddat va epchillik talab qiladigan yana bir qiziqarli musobaqa stol tennisi bo‘ldi. Bu o‘yinda tezkorlik bilan bir qatorda strategik fikrlash ham talab etiladi.
Musobaqada har bir ishtirokchi o‘z texnikasini namoyish etdi. Kimdir kuchli zarbalar bilan hujum qilgan bo‘lsa, kimdir maydonda nozik harakatlar bilan ustunlikka erishdi. Bellashuvda eng epchil va mohir o‘yinchilar ustunligini namoyish etdi. 
 
☘️ Bayram yakunida har bir sport musobaqasi bo‘yicha do‘stlik g‘alaba qozondi.