Renessans taʼlim universitetida 2024-yil 9-sentyabrdan boshlab “Najot-taʼlimda, najot-tarbiyada, najot-bilimda” shiori ostida barcha taʼlim yoʻnalishlarida “Mustaqillik darslari” tashkil etib kelinmoqda. Ushbu darslar universitetning yetuk va tajribali professor-oʻqituvchilari tomonidan oʻtkazilmoqda. Xususan, shunday darslardan biri 2024-yil 10-sentabr kuni universitet faollari zalida Ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi tomonidan yuqori saviyada tashkil etildi.
Jarayonni RTU rektori, texnika fanlari doktori, professor N.R. Barakayev kirish so‘zi bilan ochib berdi. U kishi ilm to‘g‘risida Imom Buxoriyning “Bitta ilmli odam mingta odamni boqadi” – degan purma’no gaplarini keltirdilar. Shuningdek, mustaqil yurtda yashash eng katta baxt va saodat ekanligini ham aytib o‘tdilar.
Shundan so‘ng, so‘zga Ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi professorlari falsafa fanlari doktori, professor Temur Joʻrayev, tarix fanlari doktori, professor Shuhrat Ergashev, siyosiy fanlar doktori, professor Toʻlqin Alimardonov chiqishdi va talabalik davriga qadam qoʻygan yoshlarni samimiy qutlashdi va oʻqishlarida zafarlar tilashdi. Olimlar Mustaqillikning 33 yilligiga alohida urg‘u bergan holda, ajdodlarimiz bosib o‘tgan yo‘ldan, taraqqiyot va tanazzullardan, yutuqlar va kamchiliklardan xulosa chiqarish, yurtdoshlarimizning mardliklari, ularning xalqimizga qanday xizmat qilganliklaridan voqif bo‘lish kerakligini ta’kidladi. Shu bilan birga vatanparvarlik ruhi barchaning qalbida jo‘sh urishi kerakligini ham aytib o‘tishdi.
Ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi professori v.b., siyosiy fanlar doktori Ravshanov Fazliddin Ravshanovich tomonidan yoshlarga bilim olish va ustoz-shogirtlik an'analari xususida foydali ma'lumotlar berildi. Ayniqsa, "Ustoz" nomli she'rni o‘qiganlari barchani ta'sirlantirdi. Shu tariqa, sahnaga yana bir qancha professor-o‘qituvchilar chiqishib, nutq so‘zlashdi.
Tadbir so‘ngida, yangi o‘quv yiliga qadam qo‘ygan 1-kurs talabalari yana bir bor muborakbod etildi.