«Mutolaa» loyihasi taqdimoti asosida «Qo‘rqma» filmi namoyish etildi

«Mutolaa» loyihasi taqdimoti asosida «Qo‘rqma» filmi namoyish etildi

Renessans ta'lim universitetida Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Yoshlar uchun ming kitob loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida»gi qarori asosida «Mutolaa» loyihasi doirasida Javlon Jovliyevning “Qo‘rqma” nomli asari bo‘yicha suratga olingan “Qo‘rqma” nomli film premyerasi bo‘lib o‘tdi.
Dastlab, tomoshabinlar e’tiboriga yosh iste’dod sohibi Javlon Jovliyev tomonidan yangi davrning yangi va dardchil, yangicha uslubda va o‘ziga xos yangi ohang bilan yozilgan «Qo‘rqma» asari qahramonlarining taqdiri va hayot yo‘li aks etgan qisqa metrajli kinofilm havola etildi.
 
Film Yoshlar ishlari agentligi va Oliy ta'lim fan va innavatsiyalar vazirligi tomonidan onlayn tarzda zoomdan qo‘yib berildi.