“Milliy qadriyatlar sayli”da RTU

“Milliy qadriyatlar sayli”da RTU

 
Adiblar xiyobonida “Milliy qadriyatlar sayli” universitetlararo keng ko‘lamda o‘tkazildi. Unda har bir OTM jamoalari tomonidan turli viloyatlarning milliy urf-odatlari, ushbu hududga mos qadriyatlari, milliy raqslari va kuy-qo‘shiqlari, shuningdek, milliy o‘yinlari yig‘ilganlarga namoyish etildi. 
Renessans ta’lim universiteti jamoasi ham ushbu saylda faol ishtirok etib, ulug‘ jadidlardan biri -  Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon  haykali atrofida Buxoro viloyatining milliy qadriyatlarini aks ettirishdi. Dasturxon ustiga Buxoroning milliy taomlari va noz-ne'matlari qo'yildi.
Tadbirda, shu bilan birga, talabalar tomonidan folklor, xalq ogʻzaki ijodidan chiqishlar, adiblar hayoti va ijodiga bagʻishlangan sahna koʻrinishlari namoyish etildi, gʻazal va sheʼrlari yangradi. Bundan tashqari, intellektual o‘yinlardan “Zakovat” bellashuvi ham tashkil qilinib, unda RTU tomonidan chiqqan qatnashchilar o‘zlarining bilim salohiyati va zukkoliklarini ko‘rsatishdi. Shu bilan birga epchil va chapdast yigitlar ishtirokida milliy o‘yinlardan kurash va arqon tortish musobaqalari uyushtirildi.