Milliy armiyamiz – Yangi O‘zbekistonning mustahkam tayanchidir

Milliy armiyamiz – Yangi O‘zbekistonning mustahkam tayanchidir

Mamlakatimizda 14-yanvar O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qiladigan kasb egalari – Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topgan kun sifatida keng nishonlanadi.   
 
Bu yil O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligiga 32 yil to‘ldi.
 
Ona yurtimiz har doim o‘zining mard, jasur, shijoatli o‘g‘lonlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o‘zi yashayotgan yurt tuprog‘ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni muqaddas burch deb hisoblagan. Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o‘z milliy armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, alp yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi. 
 
Renessans ta’lim universitetida  14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan “Milliy armiyamiz – Yangi O‘zbekistonning mustahkam tayanchidir!” mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi.
 
Tadbir ishtirokchilari tomonidan ijro etilgan yurtimizda harbiy sohada olib borilayotgan islohotlar, Vatan himoyasi yo‘lida harbiylarimizning fidokorona xizmatlari haqidagi chiqishlari, vatanparvarlik ruhidagi she’rlar hamda kuy va qo‘shiqlar tadbirni yanada fayzli o‘tishiga asos bo‘ldi. 
 
Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.