Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi talabalari ishtirokida universitet faollar zalida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Savollar - O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zam, navoiyshunos olim Olimjon Davlatov hamda yosh ijodkor Xurshid Abdurashid hayoti va ular yozgan asarlaridan berildi.
Talaba qizlar o‘zlari o‘qib o‘rgangan ma’lumotlarga tayanib, berilgan vaqt davomida savollarga to‘g‘ri javob berishga harakat qilishdi.
Natijalarga ko‘ra to‘rtta jamoaning barchasi faol qatnashib, yuqori ballarni qayd etishdi. Unga ko‘ra: “Tafakkur” jamoasi jami 16ta savoldan 13 tasini to‘g‘ri topib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. “Bilimdonlar” va “Hurriyat” jamoasi bir xil natija ko‘rsatib 2-o‘ringa sazovor bo‘lishdi.“Zukkolar” jamoasi esa 3-o‘rin sohibalariga aylanishdi.