“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida xorijlik mehmonlarning Adiblar xiyoboniga tashrifi amalga oshirildi

“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida xorijlik mehmonlarning Adiblar xiyoboniga tashrifi amalga oshirildi

Kuni kecha Renessans taʼlim universitetida “Yangi Renessans istiqbolida filologik-pedagogik tadqiqotlarning nazariy va amaliy ahamiyati“ mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi va unda xorijdan tashrif buyurgan bir  qancha professor-oʻqituvchilar va mutaxassislar ishtirok etishdi. 

Shu munosabat bilan, xorijlik mehmonlarni adabiyotimiz va tariximiz bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ular ishtirokida Adiblar xiyoboniga ekskursiya amalga oshirildi. Jarayon davomida ularga xiyobonning qachon tashkil etilganligi, u yerga haykallari qo‘yilgan shoir va yozuvchilar haqida obdon ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Abdulhamid Cho‘lpon haykali yonida alohida to’xtalib, u kishining hayoti va ijodi haqida qiziqarli tafsilotlar berildi.

Quvonarlisi, Qirgʻiziston Respublikasining B.Osmonov nomidagi Jalolobod davlat universiteti hamda Marokashning Kasablanka universiteti vakillari Adiblar xiyoboni hamda u yerdagi buyuk shoir va yozuvchilarning haykallarini katta qiziqish va zavq bilan tomosha qilishdi.
Xususan, Marokashning Kasablanka universiteti professori Bekkali Mohammed adabiyot va maorifda ulkan ishlarni amalga oshirgan shoir va yozuvchi hamda arboblarning haykallari oʻrnatilgan Adiblar xiyobonini tomosha qilganligidan nihoyatda shod ekanligini taʼkidlab oʻtdi.