“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida uchrashuv

“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida uchrashuv

 

Renessans ta’lim universitetida “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari  - Erkin Aʼzam, Olimjon Davlatov va Xurshid Abdurashid bilan adabiy uchrashuv tashkil etildi.
Dastlab, tashrif buyurgan mehmonlar ishtirokida “Yashil makon” dasturi asosida universitet hovlisiga daraxt ko‘chatlar ekish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Dastur avvalida, mehmonlar va talabalar oʻrtasida universitet faollar zalida uchrashuv tashkil etilib, uni universitet rektori Nusratilla Barakayev ochib berdi. Shundan soʻng, talabalar tomonidan taqdimot qilinib, yozuvchilarning hayot va ijodlari xususida ma’lumotlar berildi.
 Mehmonlardan birinchi bo‘lib Erkin A’zam so‘zga chiqib, yozuvchilik sanʼati va maʼrifatning inson hayoti va jamiyat taraqqiyotida tutgan oʻrni haqida o‘tirganlarga soʻzlab berdi. Shu o‘rinda, hayot yo‘lidagi kechinmalari xususida ham gapirib o‘tdi.
Keyingi so‘z navbati Xurshid Abdurashidga tegib, u she’riyat bilan o‘z chiqishini boshladi.
Olimjon Davlatov esa, rivoyat va hadislardan parchalar keltirib, chiroyli nutq so‘zladi.
Tadbir davomida talaba qizlar tomonidan yozuvchilarning hikoya va asarlari asosida sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. 
Do‘stona-samimiy muloqot tarzida o‘tgan tadbirda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Shu bilan birga ular, universitet kutubxonasi uchun ham alohida kitoblar sovg‘a qilishdi.
Ushbu o‘tkazilgan loyiha talaba yoshlar uchun juda foydali va taassurotlarga boy bo‘lish bilan birga ularning adabiyotga bo‘lgan mehr-muhabbatlarini ham yanada oshirdi