Maqsadimiz: intellektual, tajribali mutaxasislarni tayyorlash!

Maqsadimiz: intellektual, tajribali mutaxasislarni tayyorlash!

Renessans ta’lim universiteti davlat litsenziyasi asosida bakalavriat talabalarini kunduzgi, kechki, sirtqi ta’lim shakllari va 2-mutaxassislik bo‘yicha tayyorlaydi. 
Sirtqi ta’lim shakli yo’nalishiga 15 mingdan ortiq onlayn hujjatlar qabul qilingan. Shundan 8 mingdan ortiq hujjat topshirganlar imtihon jarayonlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, talabalikka tavsiya qilingan.
Ayni vaqtda sirtqi ta’lim yo‘nalishining 4-bosqich talabalariga dars jarayonlari yakunlanib, nazorat imtihonlari o‘tkazilmoqda. 
Yangi haftada universitet eshiklari sirtqi ta’limning 1-kurs 1-guruh talabalariga ham ochildi. Ta'lim muassasining bilimga oshno talabalari malakali va professional ustozlardan tahsil olishni boshlashdi. 
Eslatib o'tamiz, 1-kurs ikkinchi guruh hamda 2-3 kurs sirtqi ta'lim shakli talabalari esa, grafik asosida bosqichma-bosqich o‘quv jarayonlariga jalb etiladi.
Renessans ta’lim universiteti – xalqaro darajadagi bilimlar maskani!