Malayziyaning Sarawak (UNIMAS) universiteti bilan memorandum imzolandi

Malayziyaning Sarawak (UNIMAS) universiteti bilan memorandum imzolandi

Renessans ta’lim universiteti va Malayziyaning Sarawak universiteti o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rektori Nusratilla Barakayev, shu bilan birgalikda, ikkala universitetdan ham professor o‘qituvchilar va kuzatuvchilar ishtirok etdi.
Memorandum doirasida Renessans ta’lim universiteti rektori Nusratilla Barakayev malayziyalik hamkorlarga universitet tashkil etilishi, asosiy yo‘nalishlari, ta’lim tizimi, talabalarga berilayotgan imtiyozlar haqida batafsil tanishtirib o‘tdi. 
Uchrashuv mobaynida tomonlar:
- talabalar, o‘qituvchilar, tadqiqotchilar uchun qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, o‘qitish va uzluksiz ta’limni qo‘llab-quvvatlash uchun almashinuv dasturi;
- talabalar va bitiruvchilar uchun qo‘shma tadqiqotlar, treninglar tashkil qilishda hamkorlik qilish;
- xalqaro seminarlar va konferensiyalarda qatnashishda hamkorlik qilish kabi ishlarga kelishib olishdi.  
 
Sarawak universitetidan vakil sifatida ishtirok etayotgan professor Ahmad Hata Rasit Renessans ta’lim universiteti rektorining bugungi kunda qilayotgan ishlari tahsinga sazovorligi va kelgusidagi loyihalarda hamkorlik qilayotganidan mamnun ekanligini aytib o'tdi. 
Tadbir so‘ngida ikki universitet o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlovchi memorandum imzolandi.