Renessans ta’lim universiteti va Koreya aerokosmik universiteti o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda universitet rektorlari, Koreya sobiq moliya vaziri, professor o‘qituvchilar va kuzatuvchilar ishtirok etdi. Memorandum doirasida Renessans ta’lim universiteti rektori Nusratilla Barakayev Koreyalik hamkorlarga universitet tashkil etilishi, asosiy yo‘nalishlari, ta’lim tizimi, talabalarga berilayotgan imtiyozlar haqida batafsil tanishtirib o‘tdi.
Suhbat davomida Koreya aerokosmik universiteti rektori Renessans ta’lim universitetida “Koreya xalqaro maktabi”ni ochish taklifini berdi. Maktab IT, iqtisod va aviatsiya sohasida talabalar o‘rtasida transfer dasturi asosida o‘qitib berishga tayyor ekanligini ta'kidladi.
Dastur 2+1+1 shaklda amalga oshirilishi mumkin. Koreya aerokosmik universiteti rektori Hee-young Hurr ushbu loyihani imkon qadar tezroq amalga oshirish tarafdori ekanligini bildirdi. Shuningdek, ikki universitet tajribasidan kelib chiqqan holda o‘quv darsliklari yaratish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Sobiq moliya vaziri Namki Hong Renessans ta’lim universiteti rektorining bugungi kunda qilayotgan ishlari tahsinga sazovorligi va kelgusidagi loyihalarda hamkorlik qilayotganidan mamnun ekanligini aytib o'tdi.
O‘zbek professori o‘qituvchisi Koreya aerokosmik universitetida dars berayotgani va universitetning ta’lim jarayonlari haqida taqdimot qildi. Tadbir so‘ngida ikki universitet o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlovchi memorandum imzolandi.