“Konstitutsiyam – qadr qimmatim!” mavzusidagi bayram tadbiri o‘tkazildi

“Konstitutsiyam – qadr qimmatim!” mavzusidagi bayram tadbiri o‘tkazildi

Konstitutsiya – nafaqat bugungi kunning qomusi, balki u ertangi kunimiz, qurayotgan jamiyatimiz istiqbolini belgilab beruvchi hujjat, kelajak avlod yo‘lini yorituvchi chiroqdir. Shunday ekan, jamiyatimiz hayotining mezoni bo‘lgan Konstitutsiyani chuqur va har tomonlama o‘rganishimiz, uning ma’nosiga yetib borib, amaliy hayotimizning doimiy qo‘llanmasiga aylantirishimiz darkor.

 

Renessans ta’lim universitetida Ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiyam – qadr qimmatim!” mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi.

 

Tadbirda dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi talabalar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida ijro etildi. Shundan so‘ng, universitet rektori Nusratilla Barakayev so‘zga chiqib, “8-dekabr O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun” bayram tadbirini ochiq deb e’lon qildi va Bosh Qomusimiz tarixda sinalgan umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan hujjat ekanligini ta’kidladi. 

 

Davlat ramzlari, shu jumladan, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida universitet talabalari ma’lumotlar berib, fuqarolarning tibbiy xizmatdan foydalanish, huquqiy ong, ta’lim sohasidagi belgilab qo‘yilgan huquqlari aks etgan sahna asarini namoyish etishdi.

 

Ayniqsa, tadbir so‘nggida turli millat va elatlarning tillarida O‘zbek xalqiga tabrik yo‘llashgani tadbir ishtirokchilarini mamnun qildi. Talabalar Vatan madhi aks etgan kuy-qo‘shiqlar bilan tadbirni yakunlashdi.