“Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashmoq kerak” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

“Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashmoq kerak” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

Bugungi globallashuv davrida yoshlar oʻrtasida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish, ularni millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik, ona Vatanga muhabbat va yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Renessans taʼlim universiteti faollar zalida ham professor-oʻqituvchilar va talabalar ishtirokida “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashmoq kerak” mavzusida soha mutaxassislari bilan davra suhbati tashkil qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmita xodimi Jahongir  Meliqoʻziyev mamlakatimizda milliy anʼana va qadriyatlarimizni rivojlantirish, ulugʻ alloma ajdodlarimiz ilmiy merosini chuqur oʻrganish, yoshlarimizni Vatanga muhabbat, ilm-maʼrifatli, intellektual barkamol avlod etib tarbiyalashga davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi sifatida eʼtibor qaratilyotganligi haqida toʻxtalib, bu sohada olib borilayotgan islohotlar dunyo miqyosida ham munosib eʼtirof etilib, diniy bagʻrikenglikning namunali modeli sifatida baholanayotganligi, xususan, Oʻzbekiston diniy erkinliklar sohasida alohida xavotir uygʻotadigan davlatlar roʻyxatidan chiqarilganligi, BMT Bosh Assambleyasi yalpi majlisida Oʻzbekiston tomonidan taklif etilgan “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” rezolyutsiyasining qabul qilinganligi bunga yaqqol misol boʻlishligi hamda shunga qaramasdan yurtimizda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga diniy tus berish, soxta gʻoyalarni asl diniy qadriyatlar sifatida talqin qilish va aholi orasida nosogʻlom aqidani singdirish holatlari kuzatilayotganligi haqida maʼruza qildi.
 
Tadbir davomida oʻtirganlarga “Tinchlik qadri” nomli hujjatli film namoyish etildi.
Davra suhbati  qiziqarli suhbat tarzida  davom etib, ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga  atroflicha javob olishdi.