“Jaholatga qarshi - maʼrifat” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy davra suhbati oʻtkazildi

“Jaholatga qarshi - maʼrifat” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy davra suhbati oʻtkazildi

Renessans taʼlim universitetida soha mutaxassislari bilan “Jaholatga qarshi – maʼrifat” shiori ostidagi maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbiri  oʻtkazildi. 
Tadbirda soʻz olganlar hozirgi vaqtda koʻz oʻngimizda dunyoning turli joylarida roʻy berayotgan chuqur oʻzgarishlar, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda fikrga qarshi fikr, gʻoyaga qarshi gʻoya, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish har qachongidan koʻra muhimligi, yoshlardagi maʼnaviy boʻshliqni toʻldirish, ularni turli tajovuzlardan himoya qilish, qalbida Ona-Vatanga boʻlgan muhabbatni yanada kuchaytirish, buyuk tariximizni, milliy qadriyatlarimizni ularning ongu shuuriga singdirish zarurligini taʼkidladilar. 
Tadbirda  talaba-yoshlarga "Ishid fitnasi" nomli real voqealikka asoslangan hujjatli film namoyish etildi.