Renessans ta’lim universitetining 1-kurs talabalari uchun O‘zbеkiston Rеspublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan amaliy “master-klass” o‘tkazildi. Bu orqali talabalar oʻzlarining maʼruza darslarida olgan nazariy bilimlarini amaliy jihatdan sinab koʻrish imkoniyatiga ega boʻlishdi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki 1991-yulning sentyabrida tashkil etilgan. Hamda O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining “O‘zbеkiston Rеspublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” unitar korxonasini aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019-yil 30-noyabrdagi PQ-4540-sonli qaroriga asosan O‘zmilliybank aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tuzilgan. Ushbu bank O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va O‘zbеkiston Rеspublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi davlat nomidan "O‘zmilliybank" AJning ta’sischisi hisoblanadi.
Uchrashuvda tinglovchilar o‘zlari uchun taklif etilayotgan kreditlar, omonatlar, valyutalarni ayirboshlash, xalqaro pul o‘tkazmalari va boshqa xizmatlarni izlashi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi. Xususan, respublikamizda Prezident tomonidan 2020-yil 24-fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4611-son Qarorning qabul qilinishi zamirida buxgalteriya hisobotlarini bosqichma-bosqich Moliyaviy Hisobning Xalqaro Standartlari (MHXS) talablariga moslashtirish kerakligi ko‘rsatilgan.
Suhbat yakunida O‘zbеkiston Rеspublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bank xodimlari talabalarga o‘zlarini maslahatlarini va tavsiyalarini berishdi. Tadbir savol-javoblarga boy va barcha uchun foydali bo‘ldi.