Renessans ta’lim universiteti “Iqtisodiyot” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ushbu kafedra yo‘nalishlarida o‘qiydigan talabalar uchun O`zSanoat Qurilish Banki ATB bosh ofisida bank mutaxassislari bilan birgalikda sayyor dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Toshkent Cityda joylashgan O`zSanoat Qurilish Banki ATB bosh ofisi bankMutaxassislari talabalarga bank haqida bir qancha ma’lumotlar berib o ‘tishdi. „O‘zsanoatqurilishbank“ATB Oʻzbekiston Respublikasidagi eng birinchi moliya institutlaridan biri hisoblanadi. Uning tarixi 1922-yilda, Toshkentda Sanoat bankining O‘rta Osiyo bo‘limi ochilganidan boshlab hisoblanadi.Bank o‘z operatsiyalarini 1922-yil 28-oktabrdaboshlagan. Moliya instituti tashkil topganidan 10 yil o‘tganidan keyin, 1932-yil may oyida Sanoatbank uzoq muddatli kapital kiritishlarga ixtisoslashtirilgan bankka aylantirildi, unga kapital qurilishni, og‘ir, yengil, mahalliy sanoatni, taʼminot tashkilotlarini va tashqi savdoni moliyalashtirish vazifalari yuklatilgan. 1955-yilda kapital qurilishni moliyalashtirishning yangi qoidalari va qurilish bo‘yicha pudrat shartnomalarining qoidalari tasdiqlandi. Bank ishlab chiqarish quvvatlarini va asosiy fondlarni ishga tushirish bo‘yicha davlat rejalarining bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytiradi. Qurilishi tugallangan ob’yektlar uchun toʻlovlar kengaydi, pudratchi tashkilotlarni qisqa muddatli kreditlash tizimi o‘zgartirildi.Davlat tomonidan kapital qo‘yilmalar uchun ajratilgan mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishi ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish maqsadida, 1959-yilda Sanoatbank kapital qo‘yilmalarni moliyalashtiruvchi bankka - „Qurilishbank“ga aylantirildi. Bank 1966-yilgi zilziladan keyin Toshkentni qayta tiklashda beqiyos o‘rin tutgan edi. 1987-yilda „Qurilishbank“ Sanoat-qurilish bankiga aylantirildi. Shu yilning o‘zida bank tizimini isloh qilish boshlandi, bu jarayon O‘zbekiston davlat mustaqilligi e’lon qilinganidan so‘ng sifat jihatidan yangi darajaga erishgan. 1991-yilda, mustaqilliimiz e’lon qilingandan so‘ng „O‘zsanoatqurilishbank“ aksiyadorlik tijorat bankiga aylantirildi. Uning ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasining yetakchi sanoat korxonalari va pudrat tashkilotlari bo‘lgan edi. 2009-yilda uning nomi „O‘zbekiston sanoat-qurilish banki“ ochiq aksiyadorlik tijorat banki („O‘zsanoatqurilishbank“ ATB) deb o‘zgartirildi. Bank tomonidan doimiy ravishda yangi muddatli omonatlar ishlab chiqilgan va joriy qilingan, ular jozibadorligi va yuqori daromadliligi tufayli aholi orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Bank yuqori nufuzli Germaniya sertifikatlashtirish organi TUV tomonidan ISO 9001:2015 xalqaro standarti talablariga muvofiqligi bo‘yicha banklarni sertifikatlash tartib-amallaridan muvaffaqiyatli o‘tdi va sertifikatga ega bo‘ldi. Bank UzR Monopoliyaga qarshi qo‘mitasi va Milliy marketing markazi tomonidan O‘zbekiston banklari o‘rtasida berilgan „Yil brendi - 2019“ mukofotining sohibi hisoblanadi.
Bankning mutaxassislari bankning yutuqlari bilan tanishtirar ekan, banklarda mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar bilan ham tanishtirib o‘tdi va talabalarning bergan savollariga javob berdi.