Iqtisodiyot kafedrasi talabalari ishtirokida yana ko‘chma dars tashkil etildi

Iqtisodiyot kafedrasi talabalari ishtirokida yana ko‘chma dars tashkil etildi

Renessans taʼlim universitetining Iqtisodiyot kafedrasining katta o’qituvchisi D.Mirsodiqova hamda 1-kurs Bank ishi va audit yoʻnalishi talabalari ishtirokida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va mas’ul idoralar bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar zalida  “Inson uchun” savdo ko‘rgazmasiga sayyor dars tashkil etildi.
Ushbu ko’rgazmada 200 ga yaqin nogironligi bo’lgan shaxslarni band qilgan tadbirkorlar, shu jumladan nogironligi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va hunarmandlar o‘z mahsulotlari (mebel, tekstil, poyabzal, sport, oziq-ovqat, texnika, poligrafiya va boshqa turdagi tovarlar) bilan ishtirok etishmoqda.
 
Shu bilan birga, koʻrgazma doirasida 300 ga yaqin tadbirkorlar bilan hududlarda masofadan turib savdolar tashkil etildi.
Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning savdo hajmini oshirish orqali qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish, shu bilan bir qatorda nogironligi bor shaxslarning mehnat bozoridagi ulushini oshirishdan iboratdir. Qolaversa, ko‘rgazmada ishtirok etayotgan nogironligi bor shaxslarning iste’dodini qadrlash, ular ham sog‘lom insonlar qatori yaratuvchan ekanligini, jamiyatda o‘z o‘rniga ekanligini ta’kidlashdan iborat.
Renessans taʼlim universitetining Iqtisodiyot kafedrasi talabalari sayyor dars davomida ko‘rgazmada ishtirok etayotgan nogironligi bor shaxslarning iste’dodini qadrlash, ular ham sog‘lom insonlar qatori yaratuvchan ekanligini, jamiyatda o‘z o‘rniga ega ekanligiga yana bir bor amin bo‘lishdi.