Iqtisod fanlari doktori, professor Islombek Davletov bilan uchrashuv o‘tkazildi

Iqtisod fanlari doktori, professor Islombek Davletov bilan uchrashuv o‘tkazildi

Renessans ta’lim universiteti faollar zalida “Iqtisodiyot kafedrasi” o‘qituvchilari va talabalari ishtirokidia uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda iqtisod fanlari doktori, professor Islombek Davletov ekspert sifatida qatnashdi.  
Tadbir davomida Islombek Xoliqovich tinglovchilarga arxitektura va iqtisodiyot haqidagi qiziqarli ma’lumotlar berish bilan birgalikda, hozirgi kunda arxitektura sohasidagi blokcheyn, smeta hamda biznes loyihalar xususida so‘z yuritdi. Bundan tashqari, ilmiy tadqiqotlar bo’yicha alohida fikrlar bildirildi.
Uning ta’kidlashicha, talabalar faqat nazariyaga bog‘lanib qolmay, amaliyotga ham qo‘shimcha kuch sarflashsa, kelajakda talabgir kadr bo‘la oladi.
 
Uchrashuv ilm olish va undan foydalanish hamda vaqtni behuda sovurmaslikka oid ruhlantiruvchi jumlalar bilan yakunlandi.