Interyer loyihalash fani o‘qituvchisi, Arxitektura nazariyasi va tarixi dotsenti Muqaddas Isakova dizayn yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning yakuniy nazorat imtihonlari va natijalari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Boshlang‘ich, maktabgacha ta’lim va sport kafedrasi “Interyer loyihalash” yo‘nalishi talabalari 3 yarim oy davomida egallagan bilimlari asosida badiiy ko‘rgazma namoyishi orqali o‘z ishlarini taqdim etishdi.
20 ta talaba-yoshlar qisqa vaqt ichida ustun-to‘sin yo‘nalishida bilim va malakaga ega bo‘lishgan bo‘lsa-da, yakuniy imtihonda rang-tasvir va qalam tasvir usulida mahoratlarini ko‘rsatib bera olishdi.
Doriy, ioniy, koren turlarida, ranglar garmoniyasi va ranglar orqali ifoda etiladigan kompozitsiyada tarixiy obyektlarni chizmada tasvirlab berishlari kerak edi. Va talabalar buni a’lo darajada uddalashdi.
Bundan tashqari, maketlarida yuqori kurslarda o‘tiladigan yo‘nalishlar: obrazniy, hajmiy va hajmiy-fazoviy, oltin-kesim usulida qilgan ijodlarini ham ko‘rishimiz mumkin. Bu esa, talabalar darsdan tashqari vaqtlarda ham o‘z ustilarini ishlab, murakkab usullarni o‘rganayotganidan dalolat beradi.
Yana shuni aytishim mumkinki, bizning talabalarimiz 1-kurs bo‘lishiga qaramay, ranglar orasidagi bog‘liqlikni his qilish, kompozitsiya va posportunani o‘z ijod namunalarida qo‘llashmoqda. Bu katta natija.
Ishonamanki, kelgusida talabalarimiz ushbu soha rivojida ulkan loyihalarni, juda katta ishlarni amalga oshirishadi.